Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Sa'lim Madraximovich Otajonov
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Ra'noxon Mukaramovna Aliyeva
Illustrator Asilbek Raxmonaliyevich To'xtasinov
Редактор Boxodir Xoshimovich Karimov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Taqrizchi, fizika-matematika fanlari doktori, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik ta'lim" kafedrasi professori Salim Madraximovich Otajonov
Taqrizchi, fizika-matematika fanlari doktori, Farg'ona Politexnika Instituti "Fizika" kafedrasi professori Nomonjon Sultonov
Tuzatuvchi Boxodir Xoshimovich Karimov
Tuzatuvchi Ibratjon Xoshimovich Aliyev
© Boxodir Xoshimovich Karimov, 2024
© Axliddin Mirzoxidovich Qo'chqorov, 2024
© Mirzxodjon Murodjonovich To'xtasinov, 2024
ISBN 978-5-0062-8440-1
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Tavsiya etilgan o’quv qo’llanmasi avtomatizasiya va robototexnikada bo’yicha loyihalarda mikrokontrollerlarni tashqi muhit bilan aloqada bo’lishidan foydalanib, dasturlashga kiruvchi talabalarga yo`naltirilgan.
O’quv qo’llanmasi Arduino IDE muhitida Arduino platasini programmalashtirish tili yoritilgan bo’lib, amaliyotda qo’llaniluvchi amaliy loyihalar keltirilgan. Qo’llanmada amaliyotda qo’llaniladigan, yechimi tugallangan Arduino asosidagi ko’plab amaliy loyihalar yoritilgan. Qo’llanmada keltirilgan loyihalardan o’quv jarayoni, sanoat, qishloq xo’jaligi, meditsina va boshqa sohalarda qo’llash imkonlari keltirilgan.
Arduino-havaskorlar va professionallar uchun dasturiy va texnik ta’minotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan platforma. Arduino – bir nechta texnologiyani birlashtirgan bo‘lib, uning yordamida aqlli qurilmalar yaratish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish mumkin.
Arduino platasi o‘zida maxsus mikrokontroller va boshqa elektronika qurilmalarni mujassamlashtirgan qurilma. Ularning ishlatilish maqsadiga qarab, NANO, UNO, MEGA va boshqalardan foydalaniladi. O‘quv qo‘llanma asosan, Arduino UNO platasining texnik parametrlari va u yordamida programmalar yozish, yuklash, sxema yig‘ish hamda loyihani ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
O«quv qo‘llanmada 10dan ortiq loyihalar keltirilgan.
Talabalar ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanib, loyihalarni amalga oshirish natijasida fizika qonunlari, avtomatizatsiya va robototexnika bo‘yicha bilimlarini boyitadi. Shu bilan birga mustaqil ravishda o‘zlarining loyihalarini yaratadi.
Talabalar ma’ruza mavzusi bilan tanishgandan so‘ng, o‘quv qo‘llanmada keltirilgan kichik loyihalarni mustaqil bajarib ko‘radi. Loyihalarni bajarishda mustaqil programma yozadi yoki internet orqali murakkab loyihalar uchun kerak bo‘lgan dasturlar yuklab olinadi.
O’quv qo’llanmasidan talabalar, havaskorlar, o’qituvchilar va professionallar foydalanishlari mumkin.
Birinchi mikrokontrollerning yaratilishi mikroprotsessor texnikasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Mikrokontrollerda ko‘plab sistema qurilmalari bo‘lganligi sababli, odatiy kompyuter deb qarash mumkin. Adabiyotlarda ularni bir krisstalli mikroEXM deb ataladi. Mikrokontrollerni odatiy kompyuter sifatida amaliy qo‘llashda bir qator qiyinchiliklar bor edi. Mikrokontrollerda qurilma yig‘ish uchun sxemotexnika asoslari, bironta jarayon uchun qurilma va ishlash prinsipini, assembler tilida programmalashtirish hamda elektron qurilmalarni tayyorlashni bilish kerak. Shu bilan birga programmatorlar, sozlash ishlari va boshqa yordamchi qurilmalar talab etiladi. Bu esa katta bilim va qimmatli qurilmalarsiz natijaga erishib bo‘lmas edi. Ko‘plab havaskorlar uchun mikrokontrollerni o‘z loyihalarida ishlatish imkoni yo‘q edi. Hozirda mikrokontroller asosidagi qurilmalarni paydo bo‘lishi natijasida, jiddiy material baza va maxsus fanlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lmasdan ham loyihalar yaratilish imkoni yuzaga keldi.
Bunga misol qilib, Italiyalik ixtirochilar tomonidan loyihalangan Arduino platformasini olish mumkin.
Arduino va uning klonlari tayyor elektron blok va programma ta’minotidan iborat bo‘lgan to‘plamdan iborat. Elektron blok – Arduino ishlashi uchun mikrokontroller o‘rnatilgan pechat platasi va minimum elementlardan tashkil topgan.
Arduinoning elektron bloki hozirgi zamonaviy kompyuterning «Ona» platasini analogi hisoblanadi. Unda tashqi qurilmalarni ulash uchun uyachalar (razyomlar) va mikrokontrollerni programmalashtirish uchun kompyuter bilan bog‘lovchi ulovchi USB kabel mavjud.
Atmel firmasi tomonidan chiqarilgan ATmega mikrokontrolleri maxsus programmalar talab qilmasdan programmalashtiriladi. Yangi elektron qurilmani yaratish uchun Arduino platasi, ulovchi kabel va kompyuter talab qilinadi. Loyihaning ikkinchi qismida boshqariluvchi programmani hosil qilish uchun, programmalashtirish ta’minoti zarur. U o‘zida oddiy ishlab chiqish muhiti va mikrokontrollerni С++ variantidagi programmalashtirish tili birlashtirgan. Unga programmalarni yaratishda apparat qismini o‘rganish zarur bo‘lmagan elementlar qo‘shilgan. Arduino bilan ishlash uchun С++ programmalashtirish asoslari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Arduinoda turli qurilmalarni ishlatish uchun, kodlardan tashkil topgan, ko‘plab kutubxonalar mavjud.